XORAZM ME'MORIY MEROSIDA NURULLABOY SAROYINING TARIXIY-BADIIY VA KOMPOZITSION AHAMIYATI
Ключевые слова
—
Аннотация
Annotatsiya. Mazkur maqolada Xiva shahridagi Nurullaboy saroyi majmuasining tarixiy shakllanishi, me’moriy-kompozitsion tuzilishi, badiiy bezak tizimi hamda Xorazm an’anaviy qurilish maktabi bilan Yevropa me’moriy-estetik ta’sirlarining o‘zaro uyg‘unlashuvi tahlil qilinadi. Tadqiqot saroyni faqat hukmdor qarorgohi yoki rasmiy qabulxona sifatida emas, balki XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Xiva xonligi madaniy muhitida yuzaga kelgan arxitekturaviy sintezning muhim namunasi sifatida baholaydi. Maqolada saroyning shaharsozlikdagi joylashuvi, saroy-bog‘ tipologiyasi, interyer va eksteryer bezaklari, hunarmandchilik maktablari hamda restavratsion yondashuvlar ilmiy manbalar asosida ko‘rib chiqiladi.