SUV-SPORT SAROYI LOYIHASI: ARXITEKTURAVIY-REJALASHTIRISH VA FUNKSIONAL YECHIMLAR.

Ключевые слова

Аннотация

Ushbu maqola zamonaviy suv-sport saroylarini loyihalashning arxitekturaviy-rejalashtirish, funksional va muhandislik tamoyillarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Shaharlarning kengayishi va aholining sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan ehtiyojining ortishi suv sporti inshootlarini rivojlantirishni dolzarb masalaga aylantirmoqda. Suv-sport saroylari professional musobaqalar va mashg‘ulotlar bilan bir qatorda aholining sog‘lomlashtirish, jismoniy tarbiya va dam olish ehtiyojlarini qondiruvchi ko‘p funksiyali jamoat inshootlari hisoblanadi. Tadqiqotda ilmiy va me’yoriy manbalar hamda mavjud loyihalar tahlil qilinib, zamonaviy loyihalash yondashuvlari o‘rganildi. Tadqiqot natijalari suv-sport saroylarini loyihalashda arxitekturaviy yechimlar, konstruktiv tizimlar va muhandislik infratuzilmasining uyg‘unligi muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi. Shuningdek, energiya tejamkor texnologiyalar, tabiiy yoritish va suv resurslarini qayta foydalanish tizimlarining qo‘llanilishi ekologik samaradorlikni oshirishi aniqlandi. Olingan natijalar suv-sport inshootlarini loyihalash amaliyotini takomillashtirish hamda barqaror rivojlanish tamoyillarini joriy etishga xizmat qiladi.